Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xitoylik mutaxassislar Dr. Xu Heng va Dr. Zou Feifie institutdagi faoliyatini yakunlashdi

Samarqand davlat chet tillar instituti ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilib, ular ishtirokida qisqa va uzoq muddatli seminar-treninglar, ilmiy anjumanlar hamda ma’ruzalar tashkil etib kelmoqda. Xorijiy olim, o‘qituvchi va mutaxassislarni institutga jalb etish ta’lim sifati, talabalar va o‘qituvchilarning ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirishga, chet tillirni o‘rgatishni yanada takomillashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan.

SamDCHTIda 2015 yilning noyabrida boshlab institut talabalariga xitoy tili, adabiyoti va madaniyatidan saboq berib kelgan Xitoy Xalq Respublikasi fuqarolari Xu Heng va Zou Feifielar joriy yilning 1 noyabrida o‘z pedagogik faoliyatini yakunlashdi. Institut rahbariyati xorijiy mutaxassislarga faoliyati davomida o‘z ishiga sidqidildan yondoshib, institutda xitoy tili rivoji hamda Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga hissa qo‘shganliklari uchun minnatdorchilik bildirib, ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. 

photo_2017-10-31_11-34-49

photo_2017-10-31_11-35-28

photo_2017-10-31_11-35-55

photo_2017-10-31_11-36-22

photo_2017-10-31_11-36-28