Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash va baynalmilaligini oshirish

Samarqand davlat chet tillar institutida 2017 yil 16-17 noyabr kunlari Erazmus+ dasturi IMEP: “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ta’lim jarayonlarini modernizatsiyalash va baynalmilaligini oshirish” loyihasi doirasida uchrashuv anjumani bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv anjumanida loyiha ishtirokchilari bo‘lgan Evropalik hamkorlar, jumladan, Rezekne texnologiya akademiyasi (Latviya), London metropoliten universiteti (Buyuk Britaniya), Peleponnes universiteti (Gretsiya), Britaniya Kengashi vakillari hamda milliy hamkorlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Buxoro davlat universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat chet tillar instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilari hamda ish beruvchi tashkilotlardan vakillar ishtirok etishdi.

DSC_0878

DSC_0881

16 noyabr anjumanni kuni ochilish marosimi soat 10:00da bo‘lib o‘tdi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari U.Begimqulov chiqish qilib, ushbu loyiha doirasida hozirgi davr mehnat bozorining ehtiyojlariga mos ravishda yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, zamonaviy standartlarni ishlab chiqish va joriy qilish hamda pedagog kadrlar va rahbar xodimlarning malaka oshirishlari kabi masalalarga alohida etibor berish lozimligini ta’kidladi.  

DSC_0884

DSC_0891

Institut rektori I.Tuxtasinov so‘zga chiqib, ta’lim sohasida mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida ulkan tajriba to‘planganligi va ushbu loyiha doirasida o‘tkazilayotgan yig‘ilish mazkur tajribani o‘rganish, boshqa hamkor ta’lim tashkilotlari bilan tajriba va g‘oyalar almashish katta samara berishini ta’kidladi, anjuman ishiga muvafaqqiyat tiladi.

DSC_0894

DSC_0895

DSC_0899

2017 yil 17 noyabr kuni soat 15:00 da uchrashuv anjumani o‘z ishini yakunladi. Anjuman yakunida har bir ishtirokchiga institut rektori tomonidan sertifikatlar va esdalik sovg‘alar taqdim etildi. Shundan so‘ng yig‘ilish ishtirokchilari shahrimizning diqqatga sazovar joylariga tashrif buyurishdi.

DSC_0903

DSC_0905

DSC_0906

DSC_0919