Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Oqdaryo va Ishtixon tumanlarida targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasining mazmun-mohiyati va davlatimiz rahbari tomonidan ko’tarilgan dolzarb masalalarni aholiga oddiy va tushunarli tilda yetkazish maqsadida Samarqand davlat chet tilar instituti professor-o’qituvchilaridan iborat targ’ibot guruhlari tomonidan 2018 yil 5 yanvardan boshlab Oqdaryo va Ishtixon tumanlaridagi mahalla markazlarida tashkil etilgan tadbirlarda jadval asosida targ’ibot ishlari olib borilmoqda.

1

2

            Jumladan: 2018 yil 5, 6, 8, 9, 10 yanvar kunlari Oqdaryo tumanidagi Mustaqillik, Navro’z, Daxbed, Bozorjoy, Navoiy, Galaravot, Turon, Sug’onchi, Yangiqurg’on, Yangihayot,  O’zbekiston, A.Temur, Yangiobod, Bobur, Pichoqchi, Oqdaryo, Olchintepa, Po’latdarxon, Boshdarxon, Kumushkent, Yangiravot-2, Chorbog’-2, Avazali, Miyonqol, Istiqlol Oytamg’ali,    Primkent, Yangiqishloq, Temirak, Uchtepa, Uzunqishloq, Yangiravot-1, Ishtixon tumanidagi Ishtixon, Xalqobod, O’rtaqishloq, Suhat, Azamat, Bahrin, Q.Qarshiyev, Zarband, Gulobod mahallalari aholisi bilan uchrashuvlar o’tkazildi.

3

4

Targ’ibot tadbirlarida ma’ruzachilar O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta qilingan murojaatnoma Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning uzoq yillar davomida xalqimiz turmushini farovon va davlatimizni baquvvat qilish xususida yig’ilib yurgan orzu-armonlarining jamuljami ekanligini batafsil tushuntirmoqdalar. Targ’ibot guruhi a’zolari tomonidan Oqdaryo va Ishtixon tumanlarida o’tkazilgan uchrashuvlarda jami 3500 dan ziyod tinglovchilar ishtirok etdilar.

5

7

 

8 

Oqdaryo va Ishtixon tumanlarida targ’ibot tadbirlari 2018 yil 15 yanvargacha davom etadi.