Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Mardlar qo’riqlaydi Vatanni

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Qurolli kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risidagi” 2017 yil 7 dekabrdagi 5135-F sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash ishlari doirasida xarbiy vatanparvarlik ruhidagi targ’ibot-tashviqot ishlari borasida Samarqand davlat chet tillari instituti professor-o’qituvchilari va talabalari keng ko’lamda faoliyat olib borishmoqda.

1

2

Samarqand viloyati hokimiyati va xarbiy garnizon rahbariyati bilan kelishilgan holda institutimiz professor o’qituvchilari hamda iqtidorli talabalaridan iborat targ’ibot guruhlari joylardagi harbiy qismlar, lisey va maktablarda bo’lib, xarbiylar uchun bayram tadbirlari o’tkazishib tabriklashib kelishmoqda.

3

4

5

Institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi rahbarlik qilayotgan bayram targ’iboti tadbirlarida tarjima nazariyasi va amaliyoti hamda roman-german tillari fakultetlari jamoalari faollik ko’rsatishmoqda.