Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir”

2018 yil 13 - yanvar kuni institut faollar zalida “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” va Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 26 yilligi  munosabati bilan Ingliz tili fakulteti va Yoshlar ittifoqi SamDCHTI BT hamkorligida “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostidagi bayram tadbiri o’tkazildi.

IMG_9077

IMG_9082

IMG_9085

         Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektor A.K/ Eshqobilov, Samarqand shahar Afg’on urushi qatnashchilari uyushmasi raisi Halil bobo Ibragimovlar so’zga chiqib, yig’ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi. Dargohda ko’p yillardan buyon faoliyat olib borayotgan bir guruh ustozlarga bayram esdalik sovg’alari topshirildi.

IMG_9097

         Mazkur tadbirning badiiy qismida Ingliz tili fakulteti faol va iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan vatanparvarlikni tarannum etuvchi kuy-qo’shiqlar, sahna ko’rinishlari va “Quvnoq va zukko” talabalarning tabassumga boy namoyishlari tomoshabinlarga e’tiboriga havola etildi.

IMG_9103 

         Bayram tadbiri so’ngida faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

IMG_9113