Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

SamDCHTI va Janubiy Koreyaning Joongbu Universiteti o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi

Joriy yilning 15-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreyaning Joongbu Universiteti xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Minhee Lee tashrif buyurdi.

photo_2018-01-15_14-41-06

photo_2018-01-15_15-36-00

Institut rektori I. Tuxtasinov Jungbu Universiteti professori Minhee Lee bilan rasmiy uchrashuvda Samarqand davlat chet tillar instituti va Joongbu Universiteti o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot sohalarida hamkorlik qilish, qo’shma konferensiyalar tashkil etish, talaba va o‘qituvchilar almashinuv dasturlari, malaka oshirish kurslari, doktorantlar almashinuvini yo’lga qo’yish hamda hamkorlikda turli xalqaro loyihalarda ishtirok etish bo’yicha hamkorlik Shartnomasi imzolash borasida muzokaralar olib borildi.

IMG_9612 

IMG_9616 

Uchrashuvdan so’ng Jungbu Universiteti xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i Minhee Lee institutning o’qituvchilari va talabalari uchun Joongbu Universiteti bakalavriat, magistratura mutaxassisligi, doktarantura bosqichida ta’lim olish hamda koreys tili o’qituvchilari malakasini oshirish kurslarida ishtirok etish imkoniyatlari haqida taqdimot qildi.