Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Rektor tabrigi

IMG_1207

Xurmatli  mehmonlar, aziz Ustozlar va talabalar!

Barchangizni “O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va 14 yanvar Vatan himoyachilari  kunibayrami bilan butun pedagogik jamoamiz va talabalar nomidan samimiy tabriklayman.

Shu jumladan yurtimiz faxriylarini Vatanimiz va xalqimiz oldida ko’rsatgan xizmatlari uchun barchalaringiz nomingizdan minnatdorchilik bildiraman.

Muxtaram Prezidentimizning Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017 yil 7 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va Vatan ximoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari to’g’risidagi” farmoyishiga muvofiq ushbu ayyomga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy tadbirlar “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir” shiori ostida uyushtirilmoqda.

Jumladan, bizning institutimiz jamoasi a’zolari ham Samarqandda joylashgan Markaziy xarbiy okrug xududidagi bir qator xarbiy qismlarda tizimli ravishda xarbiy-vatanparvarlik mavzusidagi madaniy-ma’rifiy tadbirlarda tashkilotchi va ishtirokchi sifatida qatnashdi.

2017 yil 10 yanvar sanasida Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Toshkent oliy umumqo’shin qo’mondonlik bilim yurtida bo’lib xarbiylar bilan uchrashuv nutqida yangi xarbiy Doktrina haqida to’xtalib, vatan ximoyachilari oldidagi vazifalar haqida batafsil so’zladi, yurtimiz mudofaasi barcha uchun o’ta muhim soxa ekanligini va bu vazifadan hyech kim chetda turmasligini ta’kidladi. Biz bu masalaning mohiyatini juda yaxshi anglaymiz. Shu sababli ham Biz Vatan ximoyachilarini qadrlashni dolzarb vazifamiz hamda ular bilan Vatan himoyasidek muhim va sharafli ishda hamkor bo’lishni o’zimizning muhim burchimiz deb bilamiz. Zero, ta’lim va tarbiya ajralmas jarayon ekan, bu kabi o’ta muhim tadbirlarning ahamiyatini, barchamiz, yoshlar ham, kattalar ham, juda chuqur tushunishimiz lozim.

Vatanni mardlar qo’riqlaydi. Men yana bir bor katta jamoamiz, ustozlar va yoshlar nomidan, yurtimizning mard farzandlarini umumxalq bayrami – Vatan ximoyachilari kuni bilan tabriklayman, o’zlariga sog’liq-omonlik, oilalariga qut-baraka tilayman. Osmonimiz doim musaffo bo’lsin.