Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar institutida “2018 Spelling Bee Contest”tanlovi bo’lib o’tdi

Joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar institutida AQShning O’zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Spelling Bee 2018” tanlovining Samarqand viloyat hududiy bosqichi bo’lib o’tdi.

IMG_20180120_134955_BURST1

photo_2018-01-20_18-20-15

Tanlovga Urgench davlat Universiteti ingliz tili mutaxassisi Peter Barsoum hamda Elchixonaning Axborot resurs markazi direktori assistenti Gulshan Maxmudovalar hakamlik qilishdi.  Samarqand shahridagi oily ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar ingliz tilidagi bilimlarini oshirish bilan bir qatorda qiziqarli va do’stona raqobat olib borishdi hamda o'zlari uchun amerika madaniyatining yangi qirralarini kashf qilishdi.

photo_2018-01-20_18-20-35 

Mazkur tanlovlarni tashkil etilishi talabalarning ingliz tili bilim darajalarini oshirish, so’zlarni harflab talaffuz qilish, ularning so’z boyligini kengaytirishga qaratilgan.

photo_2018-01-20_18-20-56 

18 roundlik sinovdan so’ng, Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili fakulteti talabalari Ergasheva Laziza va Suvonov Bobirlar tanlov g’oliblari sifatida joriy yilning 7 fevral kuni Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi.

photo_2018-01-20_18-20-03