Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning tarixiy ong va tarixiy xotira masalalariga bag’ishlangan “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asari milliy qadriyatlar va ularni o’rganishning umumnazariy va amaliy ahamiyatiga katta e’tibor beriladi. Bunda nafaqat uzoq o’tmish tarixi, balki yaqin kunlarimiz tarixini o’rganish ham katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlanadi.

1

2

Samarqand davlat chet tillar institutida ushbu tarixiy haqiqatdan kelib chiqib O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyati bo’limi hamkorligida o’tkazilgan Xotira kechasida so’zga chiqqanlar Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning o’zbek davlatchiligi tarixi, xalqimiz va Vatanimiz oldidagi ulkan xizmatlarini ta’kidlab, uning yoshlar va ta’lim siyosati, milliy tarix va qadriyatlarga munosabat masalasi borasida qarashlariga keng va batafsil to’xtalishdi. Ulkan davlat arbobi va mustaqilligimiz asoschisining hayoti tarixini o’rganishning yoshlar ta’limi va tarbiyasidagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratishdi.

3 

Tadbirni SamDChTI ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori v.v.b. A.K.Eshqobilov ochib berdi, yig’ilishda Yozuvchilar Uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi mas’ul kotibi Toshpo’lat Tugal, ijtimoiy fanlar kafedrasi dosenti M.Xandanova,  I.Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori Z.Ashurova va boshqalar so’zga chiqishib, Birinchi Prezidentimizni xotirlab so’zlashdi. 

4 

Xotira kechasida Birinchi Prezidentimiz asarlarining ko’rgazmasi va videolavhalar namoyish etildi. 

5