Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

SamDChTIga Chelyabinsk davlat madaniyat instituti delegatsiyasi tashrifi

Samarqand davlat chet tillar instituti va Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk davlat madaniyat instituti o’rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan 22 yanvar kuni Chelyabinsk davlat madaniyat instituti xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i pedagogika fanlari doktori professor Safaraliyev Bozor Safaraliyevich, xorijiy tillar kafedrasi mudiri dosent Digina Olga Leonidovna va axborot resurslari faoliyati kafedrasi dotsenti Gushul  Yuliya  Vladimirovnalar institutiga tashrif buyurdi

4 

3

 

Mehmonlar bilan rasmiy uchrashuvda institut rektori I.Tuxtasinov, prorektorlar F.Ro’ziqulov, Sh. Ashurov, ingliz tili fakulteti dekani A.Ismailov, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilov, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i O.Yusupov va institut katta o’qituvchisi N.Nasrullayevalar ishtirok etishdi. Suhbat davomida I.Tuxtasinov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, ularga institut haqida, institut xalqaro aloqalari, xorijiy universitetlar bilan hamkorlik aloqalari,  o’qituvchi va talabalar almashinuv dasturlari, institutda faoliyat olib borayotgan xorijlik mutaxassislar, o’qituvchi va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar to’g’risida gapirib o’tdi. O’z navbatida mehmonlar Chelyabinsk davlat madaniyat instituti haqida ma’lumot berdi.

 

2

1

Uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassasalari o’rtasida ilm-fan, madaniyat, ilmiy-tadqiqot, hamkorlikda qo’shma anjumanlar tashkil etish, ilmiy maqolalar va o’quv adabiyotlar chop etish kabi sohalarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida muzokaralar   olib borildi.