Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Islom Karimov-mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti, Buyuk davlat va siyosat arbobi I.A.Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori asosida “Islom Karimov-mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi” mavzusida Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Anjuman Samarqand davlat chet tillar institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari jamoasi tomonidan tashkil qilindi.

20180125_124727

20180125_124750

20180125_130711

IMG_1174

Anjumanda 60 dan ortiq iqtidorli talabalar qatnashdilar va ilmiy ma’ruzalar qildilar. Ma’ruzalarda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlaridagi barkamol avlodni tarbiyalash konsepsiyasi, ta’lim tarbiya jarayonida yuksak ma’naviyat, intellektual salohiyatga ega avlodni voyaga etkazish, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik ma’naviy-mafkuraviy immunitetni shakllantirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish to‘g‘risida fikrlar bildirildi.

Anjuman yakunida ishtirokchilar tomonidan quyidagi tavsiyalar berildi:

1.O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti I.A.Karimovning asarlarini ingliz tilidan tashqari fransuz, nemis, ispan, italyan, yapon tillariga tarjima qilish;

2.Yoshlarning hayotiy pozitsiyasini shakllantirish uchun ularni mustaqil fikrlashga, ratsional qaror qabul qilishga o‘rgatish;

3.Har yili O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavallud topgan kuni arafasida an’anaviy anjuman o‘tkazish;

IMG_1179 

Anjumanda faol ishtirok etgan talabalarga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar topshirildi.

IMG_1200 

IMG_1213 

 

IMG_1215 

IMG_1218