2018 yil 24 yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining “Iqtisodiyot nazariyasi” fani o‘qituvchisi M.Fozilova tashabbusi bilan mahorat darsi tashkil etildi.
Samarqand viloyati “Demitra transavto” MCHJ rahbari tadbirkor Z.Kamolov institutning 3-kurs talaba yoshlariga “Faol tadbikrorlik, innavatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” dasturi tamoyillariga asosan tadbirkorlikni tashkil etish, uning huquqiy asoslari, tadbirkor etikasi, tadbirkorlik faoliyatida texnologiyalarning ahamiyati, tadbirkorlik amaliyotida raqobatbardosh sog‘lom muhitni shakllantirish masalalariga va Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirdi.
Mahorat darsi talabalarda katta taassurot qoldirdi.