Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Ta’lim sifatini oshirish davr talabi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli va 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-sonli Qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan 2018 yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da ilm-fan, intellektual salohiyat hamda yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh zamonaviy kadrlar tayyorlash, uzluksiz ta’lim tizimining istiqbollari, yutuqlari va muammolari, ilmiy-tadqiqotlar natijalarini jamoatchilik e’tiboriga muntazam havola etib borish, pedagog kadrlarning mahoratini tizimli tarzda oshirib borish ko‘zda tutilgan. Shu maqsadda Samarqand davlat chet tillar instituti “Axborot texnologiyalari” va Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Matematika va AKT” kafedralari hamkorligida 2018 yil 18 yanvarь kuni Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun Samarqand qishloq xo‘jalik instituti “Matematika va AKT” kafedrasi dotsenti P.Z.Davronovning “Chiziqli tenglamalar sestemasini Gauss usuli va Kramer qoidasi yordamida echish” mavzusidagi mahorat darsi o‘tkazildi.

01

02

Ko‘rgazmali mahorat darsiga Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Samarqand davlat universiteti huzuridagi malaka oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazi, Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti “Matematika va AKT” kafedrasi, Samarqand tibbiyot instituti, Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti, Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi akademik litseyning professor-o‘qituvchilari hamda o‘quv-uslubiy bo‘lim boshliqlari ishtirok etdilar.

03 

Ko‘rgazmali mahorat darsida ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar o‘zlarini fiklarini bildirishib, bundan keyin ham Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikdagi mahorat darslarini ko‘prok tashkil qilish hamda yanada samarali o‘tkazish haqida takliflar kiritdilar.

04 

05