Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Mening birinchi prezidentim” - rasmlar ko’rik tanlovi yakunlandi

1 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2018 yil 17 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash bo’yicha tayyorgarlik ishlarini olib borish va ushbu sanani har tomonlama yuqori saviyada o’tkazish bo’yicha institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, Yoshlar ittifoqi BT Kengashi tashabbusi bilan “Mening Birinchi Prezidentim” nomli rasmlar ko’rik tanlovi o’tkazildi.

2 

3 

 

Ko’rik tanlovda institutimizning 20 nafardan ortiq talaba yoshlari ishtirok etishdi va tanlovda o’zining istedodini ko’rsatib, talaba yoshlarga namuna bo’lgan g’oliblarni aniqlash uchun komissiya a’zolar Institut ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektor v.v.b A.Eshqobilov, Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri f.f.n D.Amriddinova, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i Sh.Suyunov, fakultet yetakchilari D.Tog’aymurodov, U.Pardayev, F.Pardayevlar yaqindan yordam berishdi. Bundan tashqari g’oliblarni aniqlash uchun Yoshlar ittifoqi BT onlayn telegram kanali orqali ham ochiq ovoz berish shaklida chizilgan sur’atlar ovozga qo’yildi.

5 

6 

 

Rasmlar ko’rik tanlovida eng ko’p ovoz to’plagan ishtirokchilarning 3 nafari saralab olindi va institut rektori va yoshlar ittifoqi BT tomonidan diplomlar va sovg’alar bilan taqdirlanishdi. Qolgan ishtirokchilarga esa o’zlari chizgan sur’atlari nominatsiyalarga qarab mukofotlanishdi.

7 

8 

9 

Shu o’rinda institut rektori, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi va yoshlar ittifoqi BT kengashi a’zolari tomonidan bunday tadbirlarni rejali va tizimli ravishda amalga oshirishni rejalashtirishdi. Sizdan institut veb-sayti, telegram va boshqalar orqali beriladigan e’lonlarga e’tiborli bo’lishingiz va ularda faol ishtirok etishingiz so’raladi.

10

11