Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institutda “Yapon tili notiqlik san’ati” tanlovi o’tkazildi

Joriy yilning 3-fevral kuni SamDChTI Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida 20-an’anaviy “Yapon tili notiqlik san’ati” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi. Mazkur tanlovda yaponiyalik mutaxassislar Toshkent davlat yuridik unversiteti dasturi kordinatori Imamura Eichi, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o’qituvchisi Mariko Shishido, O’zbekiston-Yaponiya markazi yapon tili mutaxasisi Yamasaki Noriko hamda SamAvto zavodi xodimi Babajanov Farmon, “Sogda Silk tour” sayyohlik kompaniyasi xodimi Ahmedjanova Saidalar hakamlar hay’ati sifatida taklif etildi. Notiqlik san’ti ko’rik tanlovida 9 nafar talabalar o’z bilimlarini namoyish etdi. Tanlov natijalariga ko’ra 1-o’rinni yapon tili yo’nalishi 4-bosqich talabasi Usarova Dilnoza, 2-o’rinni yapon tili yo’nalishi 2-bosqich talabasi Nomozova Hilola egalladi. Tanlovda 1 va 2-o’rinlarni egallagan talabalar O’zbekiston miqyosida o’tkaziladigan “Yapon tili notiqlik san’ati”  tanlovida ishtirok etish imkoniyatini qo’lga kiritdilar.

 1

image (3) (1)

image (4) (1)

IMG_2953

IMG_2959

IMG_2960

IMG_3074