Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Nazm va navo” kechasi o‘tkazildi

    Samarqand davlat chet tillar instituti O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi bilan hamkorlikda 2018 yil 9 fevral kuni instutut faollar zalida buyuk mutafakkir, g‘azal mulkining sultoni, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi munosabati bilan “Ajdodlar siymosi doim barhayot!” shiori ostida “Nazm va navo” kechasi o‘tkazildi.
    Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. A.Eshqobilov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A.Nurmuratov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi bo‘lim mudiri E.Ulug‘murodov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand shahar kengashi raisi D.Xudayqulov, O‘zbekkontsert viloyat bo‘limi san’atkorlari, Samarqand davlat universiteti iqtidorli talabalari, institut professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha v.v.b. A.Eshqobilov, Samarqand viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A.Nurmuratovlar so‘zga chiqib, Alisher Navoiyning yaratgan asarlarida millat taqdiri, el-yurt qayg‘usi, yurtni obodonlashtirish, ilm-fan, san’at va adabiyotni rivojlantirish, Vatanga muhabbat, mehnatga sadoqat, axloqiy yuksaklikka intilish, go‘zallik va muhabbat, mehr va muruvvat, shaxs erkinligi, ijtimoiy adolat uchun kurash g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligini ta’kidlab o‘tdi.
    Samarqand san’at kolleji, O‘zbekkontsert viloyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan Navoiy g‘azallaridan qo‘shiqlar kuylashdi.
    Tadbir davomida institutimiz va Samarqand davlat universiteti iqtidorli talabalari ishtirokida Navoiy g‘azallaridan parchalar aytishdi.

01.JPG-scaled-1200x900

02.JPG-scaled-1200x900

03.JPG-scaled-1200x900

04.JPG-scaled-1200x900

05.JPG-scaled-1200x900

06.JPG-scaled-1200x900

07.JPG-scaled-1200x900