Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Litseylarda ma’naviyat tadbirlari hamkorlikda o‘tkazilmoqda

Samarqand davlat chet tillar institutining etakchi professor-o‘qituvchilari litsey va kollejlar ma’muriyati taklifi bilan viloyat va mintaqa miqyosidagi turli-tuman ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etishmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Samarqand akademik litseyi o‘qituvchilari tomonidan «Navoiyxonlik va boburxonlik»  tadbirida  bir guruh professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbirni litseyning direktori  A.X.Usmanov ochib berdi. Shundan so‘ng ikki buyuk mutafakkir  - Alisher Navoiy  va Zaxiriddin Muxammad Bobur ijodiy faoliyati haqida kirish ma’ruzani Samarqand davlat chet tillar instituti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektor v.b  A.K.Eshqobilov o‘qidi.

Shuningdek tadbirda SamDChTI Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulьteti arab tili nazariyasi va amaliyoti  kafedrasi mudiri f.f.n, dotsent A.Turobov so‘zga chiqib talabalarga ikki ijodkorning hayoti va ijodining o‘rganilish tarixi va milliy ma’navitimiz uchun ahamiyati to‘g‘risida  ma’ruza qildi. Tadbirda Alisher Navoiy va .Bobur g‘azallaridan namunalar va asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tadbir mushoira va kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.

photo_2018-02-14_10-23-42-scaled-1200x900

photo_2018-02-14_10-24-07-scaled-1200x900

photo_2018-02-14_10-23-59-scaled-1200x900

photo_2018-02-14_10-23-51-scaled-1200x900

photo_2018-02-14_10-23-24-scaled-1200x900