Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yangi hamkorlik

Joriy yilning 17 mart kuni Toshkent shahridagi Singapur Menejmentni rivojlantirish instituti rektori Salixov Jasur Shavkatovich Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif  buyurdi.

Tashrif davomida ikki ta’lim muassasalari o’rtasida ilm-fan, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va turizm kabi sohalarda hamkorlik aloqalarini amalga oshirish bo’yicha Hamkorlik Shartnomasi imzolandi. Hamkorlik o’z ichiga zamonaviy ta’lim metodlari almashinuvi, hamkorlikda konferensiyalar va seminarlar tashkil etish, hamkorlikda yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash, o’quv-metodik tajriba va ma’lumotlar almashish, professor-o’qituvchilar va xodimlar ishtirokida onlayn ma’ruzalar va mahorat darslarini tashkil qilish, turizm sohasida malakali kadrlar tayyorlash kabi vazifalarni qamrab oladi.

1

photo_2018-03-17_16-41-29

photo_2018-03-17_16-41-44

photo_2018-03-17_16-43-08