Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o‘qituvchi va talabalari “Umumxalq xayriya hashari”da to‘g‘risida ma'lumot

“Umumxalq xayriya hashari”da Samarqand davlat chet tillar institutida ham davom etmoqda. “Umumxalq xayriya hashari” doirasida atrof-muhitni tartibga keltirish, obodonlashtirish bilan bir qatorda, keksalar va nogironligi bo‘lgan, yolg‘iz, qarovchisiz, boquvchisini yo‘qotgan fuqorolar va oilalar holidan xabar olish, sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish ishlarida xayriya xashari uyushturishdi.

Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, viloyatimizning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash maqsadida “Umumxalq xayriya hashari” yuqori uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda Umumxalq hashariga institutdan 1280 nafar talabalar va 248 nafar professor-o‘qituvchi va talabalar jalb etildi. 
Hashar davomida institutga biriktirilgan Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy ko‘chasi hududi va uning atrofidagi ariq va zovurlar, institut hududi, institut bosh binosining ichki va tashqari qismlari, talabalar turar joyi binosi atroflari, fakultetlar binolari atroflari 800 kg ortiq maishiy va qurilish chiqindilaridan tozalandi. 1 gektardan ortiq maydon obodonlashtirildi, 3 km uzunlikdagi ariq-zovurlar chiqindilardan tozalandi, institut hududidagi 200 dan ortiq daraxtlar atrofi tozalanib, yer qismi chopildi va yumshatildi, gullar ekildi. Ularga shakl berildi va past qismi oqlandi. Institut hovlisi va uning atrofida gulzorlar barpo etildi.

IMG_20180319_184255_788 IMG_20180319_184300_834 IMG_20180319_184303_558 IMG_20180319_184306_424