Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Tsukuba delegatsiyasi samDCHTIga tashrif buyurdi

Joriy yil 18-mart kuni SamDCHTIga Tsukuba universitetining (Yaponiya) Markaziy Osiyo oily ta’lim muassasalari bilan ishlash bo’yicha mas’ul, Gumanitar va ijtimoiy fanlar kafedrasi professori ONO Masaki boshchiligidagi bir guruh professorlar Hideaki Okamoto, Sei Matsushita va Takashi Ninomiyalar tashrif buyurishdi. Delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrifi davomida  institut rektori bilan uchrashib ikki oily ta’lim muassasalari o’rtasida  ta’lim, ilmiy-tadqiqot, talabalar almashinuvi va o’qituvchilar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish bo’yicha 2006 yildan bo’yon amalga oshirib kelinayotgan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan muzokaralar olib borishdi.

Uchrashuvdan so’ng  xorijiy mutaxassislar ishtirokida institut yapon tili yo’nalishi talabalari va professor-o’qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

1

photo_2018-03-18_11-26-58

photo_2018-03-18_11-27-10

photo_2018-03-18_11-27-33

photo_2018-03-18_11-28-09