Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Navro‘z - tinchlik, birodarlik va qardoshlik bayrami

2018 yil 21 mart kuni Samarqand musiqa va drama teatri yonida Navro‘z umumxalq bayramini institut jamoasi keng nishonladi.

Bayram tantanalariga Samarqand shahridagi ko‘pgina korxona, tashkilot, oliy ta’lim muassasalari qatori Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham o‘ziga xos tayyorgarlik bilan ishtirok etdi.

Navro‘z ayyomi karnay-surnay sadolari ostida boshlanib, mehmonlarni milliy va sharqona kiyimdagi qizlar kutib olishdi.

Bayram dasturxoniga bahor taomlari bo‘lmish halim, sumalak, ko‘k somsa, ko‘k pichak, qandolat mahsulotlari, doshqozonda sumalak, osh kabi turfa taomlar tayyorlanib, tortiq etildi.

Navro‘z ayyomida, shuningdek, turli sport va ko‘ngilochar o‘yinlar, jumladan, arqon tortish, tosh ko‘tarish, armrestling, shaxmat musobaqalari tashkil qilingan bo‘lsa, milliy urf-odatlarimizdan kashta, do‘ppi tikish,  go‘ja tayyorlash, dutor chalish kabi marosimlar, shuningdek, Amir Temur davriga oid lavhalar sahnalashtirilgan holda yig‘ilgan omma va mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

Shundan so‘ng bayram ahliga institut jamoasi tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar, QVZ “Tarjimon” jamoasi tomonidan tayyorlangan hazil-mutoyibalar hamda turli o‘yinlardan iborat bayram dasturi namoyish etildi.

Institut jamoasi tomonidan tayyorlangan bayram dasturi shahrimiz ahliga juda manzur bo‘ldi.

245020068_185111

238227325_357624

1

2_5305752660446544128

2_5305752660446544129

2_5305752660446544130

239519313_31393