Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

22-mart Mirzo Ulugbek tavallud topgan kun

Bugun erta tongdan karnay-surnaylar sadosi ostida samarqandliklar Mirzo Ulugbekhaykali poyiga jamlanishdi. Ma’naviy tadbirda Samarqand davlat chet tillar instituti pedagogik jamoasi, nuroniy ustozlar, faol yoshlari ham ishtirok etishdi. Nuroniy ustozlar, keksa olimu-ijodkorlar suhbatida ona Samarqandimizning jahon sivilizasiyasida tutgan o’rni, samarqandliklar haqida gap ketdi.

Samarqand – jahon sivilizatsiyasi yirik markazlaridan biridir. Deyarli uch ming yillik tarixga ega ona shahrimiz ilm-fan, savdo va hunarmandchilik markazi sifatida olamga mashhur. Amir Temur va temuriylar boshqaruvi davrida Samarqand - mintaqaning yirik iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaziga aylandi. Shaharda ko’plab madrasa va masjidlar, saroy va bog’lar, savdo-sotiq va hunarmandchilik inshootlari barpo etilgan edi. Bu yodgorliklardan ko’plari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Ular orasida Mirzo Ulugbek rasadxonasi alohida ahamiyatga ega.

2001-yil Finlandiyada bo’lib o’tgan YuNESKOning 25-sessiyasida, Samarqandning qator me’moriy-tarixiy yodgorliklari dunyo miqyosidagi meroslar ro’yxatidan joy oldi. Samarqand har bir ilg’or tafakkurli inson borib ko’rishi shart bo’lgan 50ta jahon shaharlaridan birinchi o’nligiga kiritilganligi bejiz emas.

Mirzo Ulugbek tavalludbayramida keng jamoatchilik, ziyolilar, ijodkorlar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.   Buyuk vatandoshimiz haykali poyiga anvoyi gullar qo’yildi.  

1

 

2