Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institut professor-o‘qituvchilari va talabalari Buxoroga sayohat qilishdi

         Respublikamizda “Navro‘z umumxalq bayrami kunlarida ta’lim muassalari talaba-yoshlarining dam olish kunlarini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 martdagi majlis bayonnomada belgilangan vazifalarni bajarish ishlari doirasida Samarqand davlat chet tillar isntituti professor-o‘qituvchilari va talabalarining qadimiy Buxoroga sayohati tashkil qilindi. Sayohatlarda xodimlar va talabalar bir necha guruhlarga bo‘linib, uch kun mobaynida qatnashishdi. Xodimlar va yoshlarga ichki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanishlari uchun qulay sharoitlar yaratildi. Institut ma’muriyati va kasaba uyushmalari qo‘mitasi homiylik yordamlarini ko‘rsatdi. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo‘lgan bunday ma’naviy-madaniy tadbirlarga yanada e’tiborni kuchaytirish institut rahbariyati oldidagi muhim vazifalardandir.

         Hozirgacha institut talabalarining Samarqand shahridagi ko‘plab tarixiy obidalariga tashrifi izchil amalga oshirilib kelinar edi. Endilikda ular qatoriga Buxoro bilan bir qatorda Xorazm va Shahrisabz va boshqa tarixiy shaharlarimiz ham kiritildi.

235139246_300817

photo_2018-03-22_14-51-44

photo_2018-03-22_14-52-02

photo_2018-03-22_14-52-07

photo_2018-03-22_14-52-13