Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Moler” mukofoti muborak bo‘lsin

Joriy yilning 15-17 mart kunlari Toshkent Yoshlar teatrida Frantsiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamda “Frans alyansi” tashkiloti hamkorligida respublika “O‘qituvchi va talabalarning frankofoniya ashula va teatr festivali” (Le festival scolaire et universitaire francophone de théâtre et de chant) bo’lib o’tdi. Respublika festivalida qirqdan ziyod O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridan ijodiy guruhlar ishtirok etishdi. Yurtimizning iqtidorli o‘qituvchilari va talaba-yoshlari frantsuz tilida tayyorlangan qo‘shiqlari va sahna ko‘rinishlari bilan ishtirok etishib, o‘z ijrochilik mahoratlarini namoyish etishdi.
Festivalda Samarqand davlat chet tillar institutining frantsuz tili ta’lim yo‘nalishi talabalaridan X.Fayzullaev, A.Nurtoshev, K.Axunbabaev, M.Abduraxmonova, L.Rashidova, A.Berezina va S.Jalilovlardan tashkil topgan jamoasi o‘qituvchi N.Tursunova rahbarligida “Molière de la création visuelle” nominatsiyasi bo‘yicha ishtirok etib, festivalning nufuzli mukofotlaridan bo‘lgan “Molьer” mukofotini qo‘lga kiritishdi. Ularni ushbu festivalga tayyorlagan frantsuz tili va adabiyoti kafedrasining barcha ustozlarini va butun institutimiz jamoasini mukofot bilan tabriklaymiz.

2

IMG_9178

Institut ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi