Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi tarkibiga yana bir xorijlik mutaxassis qo’shildi

Ta’lim sifatini oshirish, rivojlangan davlatlar oily ta’lim muassasalarida bugungi kunda foydalanilayotgan o’qitishning innovatsion metodlari, darslarni zamonaviy o’quv adabiyotlari asosida o’tishni yo’lga qo’yish hamda xorijiy tajribani o’rganish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida o’quv mashg’ulotlarini olib borishda muntazam xorijiy mutaxassislar jalb qilinib kelinmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari, magistrantlari hamda pedagog-xodimlariga ma’ruzalar o’qish, seminar-treninglar va mahorat darslari tashkil etish maqsadida hamkor oily ta’lim muassasasi hisoblanadigan Buyuk Britaniyaning Aston Universiteti professori Abigail Boucher taklif etildi.

Uchrashuv davomida institut rektori I. Tuxtasinov Abigail Boucherga tashrifi uchun minnatdorchilik bildirib, uning ishtirokidagi ma’ruzalar, seminar-treninglar va mahorat darslari talabalar va professor-o’qituvchilarga har tomonlama foydali bo’lishi hamda kelgusida Aston Universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamklanishiga umid bildirdi.

IMG_0155

IMG_0159

IMG_0162

IMG_0170

IMG_0173