Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institutning navbatdagi kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi

Samarqand davlat chet tillar institutining 2018-yil 29-mart kuni institutning navbatdagi kengashida institut rektori I.M.Tuxtasinov so’zga chiqib, turli xil tanlov g’oliblarini taqdirladi va g’oliblik guvohnomalarini topshirdi
O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan Filologiya fanlari doktori Usmon Sanaqulovga Professorlik diploma;
O’zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi qaroriga asosan Leyla Eshquvatovna Xolmurodovaga filologiya fanlari bo’yicha Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olganligi to’g’risidagi diplomini;
AQSHning O’zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan ingliz tili orfografiyasi bo’yicha “Spelling Bee” tanlovining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan ingliz tili fakulteti 1-bosqich talabasi Ergasheva Laziza 2018-yilning 10-mart kuni Qozoqiston Respublikasining Olmota shahrida o’tkazilgan mazkur tanlovning yakuniy bosqichi g’olibligi haqidagi sertifikatni;
2018-yilning 12-mart kuni Germaniya Federativ Respublikasining Toshkentdagi elchixonasida Respublikamiz OTMlari talabalari o’rtasida “Notiqlik san’ati” tanlovi g’olibligini qo’lga kiritgan Roman-german tillari fakulteti 3-bosqich talabasi Mirzabekova Hilola faxrli birinchi o’rinni;
Institutning fransuz tili va adabiytoti kafedrasining bir guruh talabalari 15-17-mart kunlari O’zbekiston Davlat Yoshlar teatrida bo’lib o’tgan Respublika miqyosidagi III Talaba va o’quvchilar Frankofon ashula va teatr festivalida “Moliére de la creation visuelle” nominatsiyasi bo’yicha “MOLYER” mukofotlarini olganliklari to’g’risidagi sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.

IMG_20180330_113203

IMG_20180330_113153

IMG_20180330_113149

IMG_20180330_113147

IMG_20180330_113138

IMG_20180330_113136