Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar institutida “Karera kunlari-2018” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

2018 yil 30 mart kuni Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-2021yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhum ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘rsida”gi PQ-92-son qarorining 6-bandi, 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori, amaldagi “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq “Karьera kunlari-2018” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Tadbirda viloyatdagi barcha ish beruvchi tashkiotlar ishtirok etishdi, jumladan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi (barcha tuman XTB kadrlar bo‘limi boshlig‘i), viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasi ( ingliz tili mutaxassisiga ehtiyoji bo‘lgan kollejlar), viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi (ingliz tili mutaxassisiga ehtiyoji bo‘lgan barcha MTMlari mudirlari), viloyat bojxona boshqarmasining kadrlar bo‘limi inspektori, “CATIA” firmasi direktori, “Korea tur ” firmasi direktori va boshqa turistik firmalar ishtirok etishdi.
2017/2018 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar soni 559 nafar bo‘lib 173 nafari davlat granti 386 nafari to‘lov-shartnoma asosida, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 42 nafar bo‘lib ulardan 5 nafar davlat granti 37 nafari to‘lov-shartnoma asosida taqsil olmoqda. Bugungi tadbir natijasida 220 nafardan ortiq bitiruvchimiz tashrif buyurgan tashkilotlar bilan o‘zaro kelishuv shartnoma imzoladilar.

photo5327998083235162324 

photo5327998083235162327

photo5327998083235162326

photo5327998083235162325