Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xalqaro hamkorlik sohasida yangi qadamlar

Institutimizning fransuz tili o‘qituvchisi Pulatova Nigina Aminovna “Erasmus+International Credit Mobility” nomli xalqaro grant doirasida Fransiyaning Normandiya Kaen Universiteti talabalariga bir hafta mobaynida “Fransuz tili” fani bo‘yicha saboq berib qaytdi.
Mazkur xalqaro grant doirasida uch yildan buyon Fransiyaning Normandiya Kaen Universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba, magistr va o‘qituvchilar uchun bir haftalik amaliy mashg‘ulot hamda uslubiy seminarlar o‘tkazilib kelinmoqda. Xuddi shu an’anani davom ettirish maqsadida fransiyalik hamkorlarimiz 2018-yil 20-28 mart kunlari Fransuz tili va adabiyoti kafedrasining tajribali o‘qituvchisi N. Pulatovani Normandiya Kaen Universiteti talabalariga amaliy mashg‘ulot o‘tish uchun taklif etdi.
O‘z kasbining ustasi va pedagogik mahorat sohibi Nigina Aminovna Fransiya ta’lim tizimi va undagi amaliy jarayon bilan yaqindan tanishgan holda fransuz tilini ikkinchi chet tili sifatida o‘rganuvchi talabalar guruhiga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tdi va bunday imkoniyat orqali o‘zining pedagogik mahoratini namoyon qildi. Binobarin, Normandiya Kaen Universiteti rahbariyati o‘qituvchi N. Pulatovaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi hamda uning fransuz tilini o‘qitishdagi amaliy mashg‘ulotlarini ijobiy baholagan holda maxsus ma’lumotnoma ham taqdim qildi.
Shuningdek, Normandiya Kaen Universiteti rahbariyati bizning institut bilan memorandum tuzgan holda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istagini bildirdi.

20180322_140744

20180322_140420

20180322_113121

20180323_103138

20180323_111044

20180323_111016

20180323_103202

20180323_114445