Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqand davlat chet tillar institutida xorijiy mutaxassis o’z faoliyatini yakunladi

    Samarqand davlat chet tillar institutiga qisqa muddatli kurslar tashkil etish uchun taklif etilgan Buyuk Britaniyaning Aston Universiteti professori Abigail Boucher bilan kurs yakunlari bo’yicha uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda institut rektori Abigail Boucherga xalqaro hamkorlik hamda amaliy ko’mak uchun minnatdorchilik bildirdi. Xorijlik mutaxassis O’zbekistonga tashrifidan juda mamnunligi, talabalarning chet tillarni o’rganishga chanqoqligi, institutda xorijiy tillarni o’qitish yaxshi yo’lga qo’yilganligi hamda Samarqand, Buxoro kabi qadimiy shaharlar o’zida katta taassurot qoldirganligini ta’kidladi.

    Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyatiga taklif uchun o’z minnatdorligini bildirdi va kelgusida ikki oily ta’lim o’rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga hamda o’zbek adabiyotining durdona asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish borasida yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

IMG_0264

IMG_0269

IMG_0271

IMG_0276