Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Iqtidorli talabalar bilan davra suhbati

    Joriy yilning 3 aprel kuni 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalar bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor dotsent Sh.Ashurov bugungi kun talabi bo‘lgan innovatsiyalarga e’tibor qaratish, innovatsiyalar davlatni har tomonlama rivojlantirishda katta ahamiyatga ega ekanligini gapirib o‘tdi. Davra suhbati davomida talabalar tomonidan yaratilgan ishlanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Jumladan, ingliz tili fakulteti 3 kurs talabasi O.Umirov “Pocket glossary of computer terms from A to Z” nomli kompyuter terminologiyasi lug‘atini, roman-german tillari fakulteti fransuz tili yo‘nalishi 2 kurs talabasi X.Fayzullaev “Le français pour les enfants” nomli elektron uslubiy qo‘llanmalari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Davra suhbati yakunida prorektor Sh.Ashurov ishlanma egalarini mehnatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida institut rahbariyati mualliflarni moddiy rag‘batlantirilganligi haqida ma’lumot berdi hamda bundan keyin ham talabalar tomonidan qilingan barcha ishlar munosib rag‘batlantirilishi aytib o‘tildi.

20180403_144001

20180403_144014

20180403_144415

20180403_145934