Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Iqtidorli magistrantlar ilmiy seminarining navbatdagi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi

2018-yil 6-aprel kuni Fransuz tili va adabiyoti kafedrasi yosh iqtidorli magistrant - talabalarining navbatdagi ilmiy seminari bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminarda kafedraning 2-kurs magistrantlari tomonidan bajarilayotgan magistrlik dissertatsiyalari bo‘yicha uchta dolzarb mavzu yuzasidan ma’ruzalar tinglandi. Ilmiy seminarni ilmiy ishlar bo’yicha prorektor Sh. Ashurov ochib berdi va unda kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchilaridan Suvonova N., Ataullaeva D., Doliyeva L., Shukurova R. va kafedraning bir guruh yosh iqtidorli talabalari ishtirok etdilar.

Ushbu ilmiy seminarda 2-kurs magistranti Imomova Gavhar o’zining “Hozirgi zamon fransuz tilida qisqartma so’zlarning ishlatilishi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan chiqish qildi. Bu ishda magistrant o’zining ilmiy rahabari prof. Ismoilov S. bilan birgalikda fransuz tilidagi gazeta va jurnallardagi qisqartma so’zlarning tahlili borasida  to’xtaldi/

Ilmiy-uslubiy seminarning navbatdagi ma’ruzachisi 2-kurs magistranti Muqumov T. “Fransuz va o‘zbek tili frazeologiyasida qofiya va uning qiyosiy tadqiqi” mavzusida chiqish qildi. U o‘z ma’ruzasida ikkala til frazeologiyasida mavjud qofiya va uning o‘ziga xos nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, ikkala til frazeologiyasini qiyosiy o‘rganish natijasida aniqlangan differensial va nodifferensial xususiyatlar borasidagi qiziqarli faktik ma’lumotlarni bayon etdi.

Ilmiy seminarning navbatdagi ma’ruzachisi Tolliyev Orif o‘zining “Fransuz tilida so‘roq kategoriyasi va uning o‘ziga xos pragmatik xususiyatlari” mavzusidagi ma’ruzasi bilan chiqish qildi. Bunda magistrant Tolliyev O. o‘zining ilmiy rahbari professor Mirzayev I. bilan birgalikda fransuz tilidagi so‘roq kategoriyasini fransuzcha badiiy asarlar asosidagi ilmiy izlanishlari natijasi xususida taqdimotlar orqali ma’ruza qildi.

Uchta ma’ruza ham seminar ishtirokchilari o‘rtasida qiziqarli munozaraga sabab bo‘ldi va ushbu ilmiy seminar davomida keltirilgan taklif va ayrim e’tirozlarni ma’ruzachilar o‘z magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayonida inobatga olishlari aytib o‘tildi.

Shu bilan birga, har oyda bir marta xuddi shunday yosh iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha ilmiy seminar o‘tkazilishi va unda qiziqarli munozara tarzidagi ma’ruzalar muhokama qilinishi yoshlar ilmiy jamiyatini yanada faollashtirishga yordam berishi kafedra mudiri tomonidan alohida ta’kidlab o‘tildi.

photo5350586643389720698

photo5350586643389720702

photo5350586643389720701

photo5350586643389720696

photo5350586643389720697