Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Imom-xatiblarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv-kurslari o‘tkazildi

    2018 yil 2-5 aprel kunlari Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan imom-xatiblarning bilim saviyasini yanada oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv-kurslari o‘tkazildi.
    O‘quv-seminar mashg‘ulotlari doirasida Kattaqo‘rg‘on pedagogika kollejida Kattaqo‘rg‘on, Paxtachi, Narpay tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahrida faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarning diniy, ma’naviy-ma’rifiy va boshqa sohalardagi bilimlarini oshirishga qaratilgan hududiy o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. O‘quv kurslarida institutimiz professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi.
    O‘quv-seminar mashg‘ulotini institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori v.b. A.Eshqobilov kirish so‘zi bilan boshladi. O‘quv-seminar mashg‘ulotlarida Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Sh.Xoshimov, hokim o‘rinbosari A.Ibragimov, Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi raisi o‘rinbosari A.Qo‘ziboev, Kattaqo‘rg‘on shahar bosh imom xatibi X.Do‘smurodovlar ishtirok etishib, rasmiy din vakillarining viloyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarga nisbatan faolligini oshirish va ularni mazkur yo‘nalishda lozim bo‘lgan ko‘nikma va tajribalarini mustahkamlash yuzasidan ma’ruzalar qilishdi.

 

photo5361974998283167957 

photo5361974998283167960

photo5361974998283167959

photo5361974998283167958