Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

18-oktyabr Samarqand kuni

18-oktyabr – Samarqand kuni

DSC_0004

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1996 yil 18 oktyabrda Amir Temur tavalludining 660-yilligiga bag‘ishlangan marosimda Samarqand shahri kunini nishonlash taklifini kiritdi.

DSC_0014

DSC_0017

Samarqand – jaxon sivilizatsiyasi yirik markazlaridan biridir. Deyarli uch ming yillik tarixga ega bu shahar ilm-fan, savdo va hunarmandchilik markazi sifatida mashhur. Amir Temur va Temuriylar boshqaruvi davrida Samarqand - mintaqaning yirik iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaziga aylandi. SHaharda ko‘plab madrasa va maschitlar, saroy va bog‘lar, savdo-sotiq va hunarmandchilik inshootlari barpo etilgan edi. Bu yodgorliklardan ko‘plari hozirgi kungacha saqlanib qolgan.

 DSC_0029

2001-yil FInlandiyada bo‘lib o‘tgan YUNESKOning 25- sessiyasida, Samarqandning qator me’moriy-tarixiy yodgorliklari dunyo miqyosidagi me’roslar ro‘yxatidan joy oldi.

DSC_0031

O‘zbek olimlari va fransuz arxeologlari bilan hamkorlikda qadimgi afrosiyob shahar qoldiqlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi Samarqand shahrini 2750 yillik tarixga ega ekanini isbotlaydi. 2007 yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi keng nishonlandi.

 DSC_0032

1997 yildan boshlab, har ikki yilda bir marta Samarqandda yirik san’at anjumani – «SHark taronalari» xalqaro musiqiy festivali bo‘lib o‘tadi.