Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xalqaro Islom hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari Samarqand shahriga tashrif buyurdi

Xalqaro Islom hamkorlik tashkiloti a’zo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentda bo’lib o’tgan 43-sessiyasi ishtirokchilari 19 oktyabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

20-768x525

Martabali mehmonlarga Samarqand davlat chet tillar institutining   28 nafar professor-o’qituvchilari va magistrantlari gid-tarjimon sifatida hamrohlik qilishdi.

Mehmonlar O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi. 

SQ05lzD84y7O3j-tDE2vJrHSk7RStuUh

Buyuk Yo’lboshchimizning mustaqil O’zbekiston davlatini barpo etish va uni har tomonlama rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlari yodga olindi. Yurtimizdagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, buyuk ajdodlarimiz nomi bilan bog’liq maskanlarni obod etish, xalqimizning ma’naviy merosini tiklash va asrab-avaylash borasida Birinchi Prezidentimiz ulkan jasorat, e’tibor va g’amxo’rlik ko’rsatgani alohida ta’kidlandi. 

40

Gid-tarjimonlar mehmonlarni Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Hazrati Xizr masjidi, Mirzo Ulug’bek rasadxonasi bilan tanishtirishdi.

ffa1

Shuningdek, delegatsiya Samarqand iqtisodiyot va servis institute qoshidagi 1-son akademik litsey va Samarqand avtomobilsozlik kollejida bo’lib, ta’lim jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.

photo_2016-10-20_16-45-37