Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Yuqori texnologiyalar markazi bilan tanishuv

20161024_154504

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 20 oktyabrdagi 87-03-2969-sonli xatiga asosan Institut rektori I.M.Tuxtasinov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor F.SH.Ro‘ziqulov, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor SH.S.Ashurov, magistratura bo‘lim boshlig‘i A.A.Yaxshiev hamda ilmiy bo‘lim boshlig‘i B.N.Turobovlar joriy yilning 24 oktyabr kuni Toshkent shaxrida joylashgan Yuqori texnologiyalar markazida tanishtiruv kursida ishtirok etishdi.

 20161024_160105

20161024_160108

Tanishtiruv kursida ilmiy va o‘quv laboratoriyalarni zamon talablariga mos ravishda tashkil etish bo‘yicha kerakli tavsiyalar olindi. Kurs yakunida SamDCHTI va Yuqori texnologiyalar markazi bilan kelajakda memorandum shartnomasi tuzishga kelishib olindi.

20161024_153250

20161024_153257