Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Seminar-trening

IMG_7223

2016 yil 26 oktyabr kuni O‘zDJTUda 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan IOT-2015-1-22 “Xorijiy tillar bo‘yicha multimedia axborot texnologiyalar bazasini takomillashtirishga oid dastur va o‘quv-uslubiy materiallar yaratish va nashr etish” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida seminar-trening o‘tkazildi.

IMG_7228

 

Seminar-treningni loyiha guruhi ilmiy xodimlari A.Abidjanov, M.Ogay, T.Axmedjanov va V.Nazarovlar ishtirok etdi. Tadbirni SamDCHTI rektori I.M.Tuxtasinov ochib berdi.

IMG_7245

Seminar-treningda loyiha doirasida ilmiy xodimlar tomonidan tayyorlangan o‘quv – uslubiy materiallar, xorijiy tillar bo‘yicha shakllantirilgan multimedia ta’lim bazasi va uning asosida chet tili o‘qituvchilariga mo‘ljallangan multimedia ta’lim elektron resurslaridan foydalanish metodikasi bo‘yicha yaratilgan onlayn kurs uzluksiz ta’limning turli bosqichlarida o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatishi, shuningdek tilni samarali o‘zlashtirishda xorijiy tilni mustaqil o‘rganuvchilarga mo‘ljallanganligi aytib o‘tildi.

IMG_7256 IMG_7263

Seminar-trening yakunida loyiha guruhi tomonidan institut ARMga chet tili professor-o‘qituvchilariga o‘quv – uslubiy materiallar, xorijiy tillar bo‘yicha shakllantirilgan multimedia ta’lim bazasi taqdim etildi. 

IMG_7266 IMG_7268 IMG_7273