Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Samarqandda martabali mehmonlarni kutib olishga tayyorgarlik ko’rilmoqda

Joriy yilning 10-11 noyabr kunlari O’zbekiston Milliy universitetida “Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendentsiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar” mavzusida xalqaro simpozium bo’lib o’tdi.

IMG_7729    

Xalqaro simpozium ishtirokchilari 12 noyabr kuni qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahriga tashrifi kutilmoqda.

IMG_7770

Martabali mehmonlarni Samarqand shahrida kutib olish va ularga gid-tarjimon sifatida hamrohlik qilish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutining tajribali o’qituvchilari va magistrantlari safidan 12 nafari saralab olinib mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko’rilmoqda.

IMG_7768

Bugun 11 noyabr kuni navbatdagi yig’ilishda tarjimonlarga Toshkent davlat texnika universiteti rektori Farxod Rizaev hamda SamDCHTI prorektori Sh. Ashurovlar tomonidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Yig’ilishdan so’ng SamDCHTI professori    R. Shodiev O’zbekistonning ichki va tashqi siyosati, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni va boshqa mavzularda ma’ruza o’qidi.

IMG_7775