Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Til. Madaniyat. Tarjima va muloqot” mavzusida Respublika ilmiy – amaliy anjumani

2016 yil 16-17 noyabr kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida “Til. Madaniyat. Tarjima va muloqot” mavzusida Respublika ilmiy – amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.

IMG_7790

 

Ushbu anjumanda respublikamizda mustaqillik yillarida chet tillarni o‘rgatish, tarjima metodologiyasiga doir muammolar, tarjimonlik faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yutuq va kamchiliklar, madaniyat va millatlararo muloqotda til, ayniqsa chet tilini bilishning o‘rni, ahamiyati, o‘zbek va xorijiy adabiyot namunalari tarjimasida milliy ruhiyatning ifodalanishi, zamonaviy tarjimaning nazariy va amaliy aspektlari, lingvistik tarjima va qiyosiy tilshunoslik masalalariga doir ustozlar, buyuk olimlar, taniqli tarjimonlar, filologlar, pedagog-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va magistrlik darajasini olish uchun tahsil olayotgan talabalarning ilmiy izlanishlari natijalari, mulohazalari, takliflari o‘rin oldi. 

IMG_7797 IMG_7799

Anjumanni ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor dotsent Sh.Ashurov kirish so‘zi bilan ochdi. Prof. Sh.Safarov anjuman yalpi majlisini olib bordi. Anjumanning ochilish marosimida 5 ta ma’ruza tinglandi.

IMG_7803

Anjuman ishida jami 100 dan ortiq kishi qatnashdi. Ularning barchasi o‘z ma’ruzasi bilan sho‘ba ishlarida ishtirok etishdi. Anjumanning yalpi yig‘ilishlari va sho‘ba ishlarida Respublikamizning ko‘pgina oliy o‘quv yurtlari (SamDU, SamMI, SamDCHTI, O‘zDJTU, O‘zMU, TAQI, JizDPI, QarDU, NavDPI, BuxMTI, FarDU, QDU) dan 20 ga yaqin filologiya fanlari doktorlari, professorlar, jumladan, prof. I.K.Mirzaev, B.Yo‘ldoshev (SamDU), prof. A.M.Bushuy, T.A.Bushuy, Sh.S.Safarov, M.Mahmudova, R.T.Shodiev (SamDCHTI), prof. M.N.Xolbekov (JizDPI), X.Raximov (TDPU), Sh.Karimov (O‘zDJTU) hamda 50 dan ziyod fan nomzodlari, dotsentlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

IMG_7823

 

Bulardan tashqari, institut professor-o‘qituvchilari, 10 dan ziyod katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilar, magistr hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

Respublika ilmiy-amaliy ajumani munosabati bilan Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tomonidan “Yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi”  tashkil etildi.

IMG_7784

Anjumandan ko‘zlangan maqsad to‘liq amalga oshdi.

muqova tuplam