Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” Respublika ko’rik-tanlovining hududiy bosqichi o’tkazildi

Har yili mamlakatimizda vazirlik, idora va tashkilotlar tizimida “Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” Respublika ko’rik-tanlovi o’tkazilib kelinmoqda.  Ko’rik-tanlovni o’tkazishdan maqsad, ma’naviyat tushunchasining mazmun-mohiyati, milliy ma’naviyatimizning qadimiy ildizlari, noyob va betakror namunalari, bugungi kundagi rivojlanish tamoyillari haqida aniq maqsadga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, bugungi kunda amalga oshirilayotgan, davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari, keng ko’lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha o’rganish va ochib berish, odamlarni hushyorlik va ogohlikka da’vat etish, olimlar va mutaxassislar, ijodkor ziyolilar ishtirokida joylarda samarali targ’ibot tizimini yo’lga qo’yishdan iboratdir.

IMG_7909

2016 yil 19-noyabr kuni Samarqand viloyati matbuot uyida “Yilning eng faol ma’naviyat targ’ibotchisi” Respublika ko’rik-tanlovining Samarqand viloyati bosqichi o’tkazildi. Unda tumanlar hamda Samarqand shahridan 14 nafar ma’naviyat targ’ibotchilari ishtirok etishdi. Ko’rik-tanlovda Samarqand davlat chet tillar instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri kata o’qituvchi, falsafa fanlari nomzodi D.T.Amridinova “Ommaviy madaniyat niqob-mi?” mavzusida chiqish qildi. Bugungi kunda ommaviy madaniyatning ijobiy va qo’shtirnoq ichidagi ommaviy madaniyatning salbiy jihatlarini mahalliy faktlar asosida mazmun-mohiyatini ochib berdi. Mavzuning dolzarbligi, notiqlik mahorati, barkamol avlodni ma’nan va jismonan kamol topishida milliy g’oya, milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimizning, tarbiyaviy ahamiyati keng ochib berildi.

диплом

Tanlov yakunlari bo’yicha D.T.Amridinova ko’rik tanlovda  faxrli 1-o’rinni egalladi va  Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

Institut rahbariyati D.T.Amridinovaga ko’rik-tanlovning final bosqichida ham omadlar tilaydi.