Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institutda “Yong’in xavfsizligi kunlari va oyligi” doirasida tadbir o’tkazildi

2016 yil 25 noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Yong’in xavfsizligi kunlari va oyligi” doirasida qish mavsumida ob-havoning sovib ketishi munosabati bilan o’quv binolarida, talabalar turar joyida, talabalar ijarada yashaydigan xonadonlarda “Yong’in xavfsizligi qoidalari”ga amal qilish bo’yicha tushuntirish targ’ibot ishlarini olib borish yuzasidan tadbir o’tkazildi.

DSC00643

Ushbu masala yuzasidan institut ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.Norqulov, Samarqand shahar IIB bo’lim boshlig’i podpolkovnik A.Ochilov, Samarqand viloyat IIB YoXB inspektori, kichik serjant Sh.Hayitovlar so’zga chiqishib, noyabr oyining oxirida ob-havoning keskin sovib ketishi munosabati bilan barcha o’quv binolarida, talabalar turar joyida zaruriy choralarni ko’rish va ularni yetarlicha issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, talabalar ijarada yashaydigan xonadonlarda isitish pechlaridan to’g’ri foydalanishni nazorat qilish, bunga mas’ul shaxslarni biriktirish, shu munosabat bilan barcha fakultetlarda shu kunning o’zida yig’ilishlarni tashkil etish va mas’ullarga tegishli ko’rsatmalarni berish, ayniqsa ijarada yashovchi talabalarninng holidan xabar olish, ular ijarada yashaydigan xonadonlarda isitish tizimi, gaz va elektr energiyasidan foydalanish holati, ularning “Yong’in xavfsizligi qoidalari”talablariga javob berishini o’rganish hamda bu bo’yicha guruh murabbiylari bilan birgalikda tegishli tushuntirish ishlarini olib borishni tashkil etish lozimligini ta’kidlashdi hamda talabalarga tegishli tavsiya va ko’rsatmalarni berib o’tishdi.

DSC00660

DSC00659

DSC00631

Tadbir davomida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblarni olishdi.