Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institutga London Universiteti professori tashrifi

Joriy yilning 5-dekabr kuni London Universiteti qoshidagi masofaviy ta’lim markazi direktori hamda Evropa ittifoqi ta’lim masalalari bo’yicha maslahatchisi David Hardy institutga tashrif buyurdi va institut rektori I. Tuxtasinov bilan uchrashdi.

IMG_8421

Uchrashuv davomida institut rektori Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti, institutda ta’lim tizimi hamda chet tillarni o’qitish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarini o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875 qarori ijrosini ta’minlash doirasida institutda amalga oshirilgan ishlar, shuningdek Angliya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berdi.

IMG_8426

IMG_8420

David Hardy o’z navbatida samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, institutda xorijiy OTMlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, chet tillarni o’rgatish va xorijiy tillar bo’yicha mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholadi.

  IMG_8423

IMG_8436

Kelgusida SamDCHTI va Evropa Universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va mustahkamlashda yaqindan yordam berish istagini bildirdi.