Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institut “Ma’naviyat va ma’rifat kengashi”ning navbatdagi yig’ilishi o’tkazildi

2016 yilning 5 dekabr kuni SamDChTI Ma’naviyat va ma’rifat Kengashining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, kafedra mudirlari hamda kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha, ustoz-murabbiylar bo’yicha hamda xotin-qizlar ishlari bo’yicha mas’ullari ishtirok etishdi.

PC052677

Yig’ilishni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi.

PC052687

Dastlab kengashda sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo’yicha mas’ul shaxslarning hisobotlari eshitildi.

PC052685

Shundan so’ng dekabr oyida o’tkazilishi rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, “1 dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirlar, kitob targ’iboti haftaligini o’tkazish, “8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 24 yilligi” bayramiga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirlar muhokama qilindi.

PC052683

Bundan tashqari ma’naviyat kuni va haftaliklarini tashkil etish, ustoz-murabbiylar kengashi, “Kamolot” YoIH institut BT va “Talaba” sport klubi faoliyatlarini takomillashtirish, fakultet va kafedralarning ma’naviy-ma’rifiy, ustoz-murabbiy va xotin-qizlar kengashlari bo’yicha mas’ullarini tayinlash, bosh bino, TTJ, fakultetlarda navbatchilikning borishi, o’qituvchi va talabalarning kiyinish madaniyatiga rioya qilishlarini nazorat qilish, talabalarning tibbiy ko’rikdan o’tishi, 2017 yil uchun professor-o’qituvchilar va talabalarning obunasini tashkil etish, to’garaklari faoliyatini jonlantirish, muddatli harbiy xizmatni o’tagan talabalar navbatchiligining borishi, ijarada yashaydigan talabalar bilan olib borilayotgan ishlar, institut veb-saytining «Forum» sahifasiga ma’lumotlarning joylashtirilishi, talabalarni ARMga a’zo qilish natijalari keng muhokama qilindi.

Yig’ilishda dekan o’rinbosarlari Q.Hakimov, O’.Sattorov, “Sirdosh” ijtimoiy psixologik markazi rahbari M.Nurmatova va boshqalar ham o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.