Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Xorijlik kuzatuvchilar shahrimizni ziyorat qilishdi

2016 yil 4 dekabr O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi munosabati bilan ko’plab davlatlardan xalqaro kuzatuvchilar yurtimizdagi saylov jarayonini bevosita kuzatish uchun tashrif buyurishdi.

 PC060176

Saylov jarayoni yakunlangandan so’ng 2016 yil 6 dekabr kuni Qohira universiteti Osiyo tadqiqotlari markazi direktorining Markaziy Osiyo, O’rta Sharq va Kavkaz hududlari bo’yicha o’rinbosari Axmed Sayed Tarabik Samarqand shahridagi tarixiy qadamjolarni ziyorat qilish uchun tashrif buyurdi.

 PC060095

Xorijiy kuzatuvchiga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti o’quv ishlar bo’yicha prorektori Abdullayev Nodir Abdulxayevich hamda Samarqand viloyatidan vakil sifatida institutimizning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha prorektori Norqulov Husniddin Do’sbekovichlar hamrohlik qilishdi.

 PC060128 PC060039

Mehmonlar shahrimizdagi diqqatga sazovor joylar, jumladan,   Hazrati Xizr masjidi yonidagi birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabri,  Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Ulug’bek rasadxonasi, Xo’ja Doniyor maqbarasi, Shoxi Zinda majmuasi, Afrosiyob muzeyi, Bibixonim masjidi majmualarini ziyorat qilishdi va buyuk ajdodlarimizning boy madaniy me’rosi bilan tanishishdi

PC060003

 

PC060118