Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Konstitusiya – inson huquq va erkinliklarining kafolatidir

Samarqand davlat chet tillar institutida 2016 yil 7 dekabr kuni “Konstitusiya – inson  huquq va erkinliklarining kafolatidir” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

PC072777

 PC072818

 

Davra suhbatida SamDChTI rektori I.Tuxtasinov, SamDU dosenti, yuridik fanlari nomzodi, R.Mirzayev,  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov, fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi dosenti M.Bozorov, kafedra mudiri D.Amriddinova, dekan o’rinbosarlari hamda 180 nafar talabalar ishtirok etishdi.  

PC072771

PC072773 

Tadbir avvalida O’zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi yangradi.

PC072785PC072783

Tadbirni ochi berish uchun so’z institut rektori I.Tuxtasinovga berildi. I.Tuxtasinov so’zga chiqib, barcha yig’ilganlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 24 yillik bayrami bilan qutladi hamda Konstitusiyamizning mazmun-mohiyati va uning ahamiyati yuzasidan o’z fikrlarni bildirib o’tdi.

PC072782  

PC072774

Tadbirda shuningdek, SamDU dosenti, yuridik fanlari nomzodi, R.Mirzayev, fakultetlararo ijtimoiy fanlar kafedrasi dosenti M.Bozorov, “Navoiy” davlat stipendiyasi sohibi B.Abdurazzoqovlar  so’zga chiqib, o’z ma’ruzalarida O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasining mazmun-mohiyati, qabul qilinish tarixi, bosqichlari, unda fuqarolarning ahilligi, xalqimizga xos odamiylik qadriyatlarga hurmat kabi fazilatlar o’z aksini topgani, shu kunga qadar jamiyatimiz va fuqarolarimiz hayotida tutgan o’rni, unga kiritilgan o’zgartirishlar, u faqat yuridik hujjat bo’libgina qolmay, aniq maqsadni ko’zlagan dasturiy hujjat ekanligi, u orqali ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turishi lozimligi, Konstitusiya shu munosabatlarning huquqiy negizi ekanligi, uning yurtimizdagi tinchlik, barqarorlik huquqiy davlatni rivojlantirish, fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilashning asosiy kafolatlaridan biri bo’lib xizmat qilayotgani hamda hayotimizdagi ijtimoiy munosabatlarni yechib berayotgani to’g’risida ma’ruza qildi.

PC072809

PC072803

Shundan so’ng ingliz tili fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur namoyish etildi.

PC072815

Dastur namoyishidan so’ng O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga bag’ishlangan videorolik namoyish etildi.

PC072826

Tadbirni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov yakunlab berdi.