Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

TTJ talabalari bilan yig’ilish o’tkazildi

2016 yil 6 dekabr kuni institut talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishni ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov olib bordi.+

PC062743

Yig’ilishda TTJ talabalarining ichki tartib-qoidalarga amal qilishi, TTJda navbatchiliklarni tashkil etilishi, xonalarni toza va ozoda saqlash, sanitariya-gigiyena kunlarini o’tkazish va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish, yig’ilishlarda, turli ma’naviy tadbirlarda o’z vaqtida qatnashish, TTJga belgilangan vaqtdan kechikmay kelish, mas’ul shaxslarga xabar qilmasdan TTJdan chiqib ketmaslik kabi masalalar ko’rib o’tildi.

PC062735

PC062733

Yig’ilishda tashkiliy masalalar ko’rilib, TTJ talabalar kengashi raisi, qavat sardorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar, ARM, sport ishlari, talaba-qizlar, “Kamolot” va tozalik komissiyalari bo’yicha mas’ullar tayinlandi.

PC062704

PC062697

PC062694

Yig’ilish so’ngida mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.