Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Kollejida o’quvchilar o’rtasida munozara debat

Samarqand transport va kommunal xo’jalik kasb-hunar kollejida o’quvchilar o’rtasida munozara debat o’yini o’tkazildi.

20161214_113936

Dastlab, Samarqand davlat chet tillar institutining Kamolot YoIH ingliz tili fakulteti BT yetakchisi M. Ergashev boshchiligida yosh targ’ibotchilar guruhi azolari M.Ro’ziyeva hamda N.Daminovlar yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24-yilligi bilan tabriklab, huquqiy savodxonligini oshirishda yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risidagi qonunlar hamda konstitutsiyamizda belgilangan yoshlarga oid moddalar to’g’risida tushunchalar berib o’tishdi.

20161214_110828

20161214_110900

Huquqiy savodxonlikdan so’ng yoshlarni bilim va tafakkurini charxlash maqsadida tashkil qilingan munozara debatda ikki jamoa o’zaro bellashishdi.O’yin natijalariga ko’ra “Zukkolar” jamoasi 19 ball bilan muvaffaqiyat qozonib 1-o’rinni egalladi.

IMAG4824

 

20161214_114659

O’yin davomida faollik ko’rsatgan yaxshi nutq sohiblariga “Kamolot” YoIH ning diplom va faxriy yorliqlari topshirildi.