Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Salom oliy dargoh-safimizga chorlaymiz!

Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida Ingliz tili fakultetining “Inter Stars” jamoasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkilotining faol yoshlari ishtirokida “Salom oliy dargoh-safimizga chorlaymiz” nomli tadbir bo’lib o’tdi.

PC092829

Tadbirda Samarqand  davlat chet tillar institutining rektori I.Tuxtasinov, manaviy-marifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov, ingliz tili fakulteti dekani A.Ismoilov hamda institutning 1-bosqich talabalari ishtirok etishdi. Dastlab institut rektori I.To’xtasinov 1-bosqich talabalarini talabalik baxtiga muyassar bo’lganliklari bilan tabriklab, kelgusi o’qish va ishlarida muvaffaqiyat tiladi.

PC092835

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati boshlang’ich tashkiloti faollari tomonidan institut haqida tayyorlangan videorolik namoyish etildi. Shu tariqa ingliz tili fakulteti 3-bosqich talabasi Panjiyeva Shabnam o’zining “Shabnam” hamda “Suyanchig’im” nomli sheriy kitoblaridan namuna o’qib berdi.

PC092845

Tadbir quvnoq va zukko talabalardan tashkil topgan “Inter Stars” jamoasining qiziqarli badiiy chiqishlariga ulanib ketdi. Tadbir so’ngida manaviy-marifiy ishlar bo’yicha prorektor H.Norqulov, tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko’rsatgan ingliz tili fakulteti rahbariyatiga hamda fakultet talabalariga o’z minnatdorchiligini bildirdi.