Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Institut talabalariga talabalik guvohnomasi topshirildi

Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida roman-german tillari fakultetining iqtidorli yoshlari ishtirokida “Salom oliy dargoh, Yangi yil shou” nomli tadbir tashkil etildi.

IMG_9440

IMG_9480

Tadbirni institut rektori I.Tuxtasinov ochib,  roman-german tillari fakultetining 1-bosqich talabalarini talabalik baxtiga erishganligi  bilan tabrikladi va ularga talabalik guvohnomasini tantanali ravishda topshirdi.

IMG_9470

IMG_9483

Shundan so’ng, tadbirning badiiy qismi boshlanib, unda roman-german tillari fakulteti talabalari tomonidan ispan, italyan, nemis hamda ingliz xalqlarining milliy raqslari namoyish etildi. 

IMG_9426

IMG_9412

IMG_9390

Tadbirda shuningdek, fakultetning quvnoq va zukko talabalaridan tarkib topgan “Germaniyalik bojalar” guruhi o’zining qiziqarli chiqishlari bilan ishtirok etdi..

IMG_9465

Tadbir so’ngida institut rektori I.Tuxtasinov jamoat ishlarida faollik  ko’rsatgan bir guruh ustoz-murabbiylar hamda iqtidorli talabalarga faxriy yorliqlar topshirdi.