Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

Bizda yangi yil shukuhi

Ayni kunlarda Yurtimizda yangi yil shukuhi kezmoqda. Qay bir go’shaga bormang barchasida ko’rkam bezatilgan archalarni, binolarga turli ko’rinishlarda o’rnatilgan yangi yil chiroqlarini, derazalarga esa qorbobo va qorqiz suratlari tushirilganini kuzatish mumkin.

IMG_9256

Bu jarayonni biz Samarqand davlat chet tillar institutida ham kuzatishimiz mumkin. Bayramni yuksak saviya, ko’tarinki ruhda o’tkazish maqsadida institutmizning barcha binolari oldida yangi yil archalari o’rnatilgan va ular bayram shukuhiga mos ravishda bezatilgan.

IMG_9247

Binolarda esa talabalar o’zlarining rassomchilik mahoratini oynalarga tushirilgan suratlar orqali namoyon etishgan. Bu suratlar hamda chiroyli qilib bezatilgan archalar kishiga o’zgacha zavq bag’ishlaydi.

IMG_9293

Institutimiz professor-o’qituvchilari, xodimlari hamda talabalarining kayfiyati ham o’zgacha.  Ularning barchasi kirib kelayotgan yangi 2017 yilni o’zgacha umidlar bilan kutib olishmoqda. Institut ma’muriyati tomonidan yangi yil bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Bayram munosabati bilan oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish, professor-o’qituvchilar va xodimlarning farzandlariga yangi yil sovg’alariniberish, ularni teatr tomoshalariga olib borish ko’zda tutilgan.

IMG_9492

Aziz yurtdoshlar kirib kelayotgan yangi “2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”  barchamizga muborak bo’lsin. Yangi 2017 yil quvonchu-shodliklarga to’la, zafarlarga boy bo’lsin!