Uz Eng Ru Ru
Biz bilan aloqa
 Adobe Flash Player

“Kamolot stipendiyasi” tanlovining Respublika final bosqichi o’tkazildi

2016 yil 22-23 dekabr kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida “Kamolot stipendiyasi” tanlovining Respublika final bosqichi o’tkazildi. Unda Respublikamizning Navoiy, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Samarqand viloyatlarining oliy ta’lim muassasalaridan iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.

IMG_0720

Ishtirokchilar Hakamlar Hay’atiga o’zlari tomonidan tayyorlangan loyihalarni taqdimot shaklida namoyish etib berishdi. Shuningdek, ishtirokchilar mavzular bo’yicha test sinovlaridan ham o’tishdi.

IMG_0711

IMG_0665

Tanlovda Samarqand davlat chet tillar instituti ingliz tili fakultetining 3-bosqich talabasi Ro’ziyeva Maftuna ishtirok etib, o’zi tomonidan tayyorlangan materiallarni Hakamlar Hay’atiga namoyish qildi hamda test sinovlarida ishtirok etdi.

IMG_0659

IMG_0661

Tanlov yakunida barcha yo’nalishlar bo’yicha g’olib va sovrindorlar aniqlandi.